Bugun jamoa o'z qarorgohida yig'ildi va Chimyonga yo'l oldi. U yerda murabbiylar asosan futbolchilarning jismoniy xolatini yaxshilashga e'tibor qaratadi. Yani to'psiz mashg'ulotlar o'tkaziladi, yugurish va kross. Klub matbuot kotibi Baxtiyor Shirinovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, "Olmaliq" Chimyondan 16 iyul kuni qaytadi. Shundan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli tatil beriladi va 18 iyuldan boshlab Toshkentda yig'inning navbatdagi bosqichini boshlaydi. Poytaxtda "Olmaliq" kamida uchta sinov-nazorat bahsida ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurgan. Bu borada "Buxoro", "Metallurg" hamda "Dinamo" jamoalari raqib sifatida tanlangan.
Tarkibda aytarli jiddiy o'zgarishlar qilinmaydi. Ketganlar o'rniga ko'pi bilan ikki nafar o'yinchi jalb etilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa ikkinchi davrani ilk uchrashuvini 4 avgust kuni Jizzaxda o'tkazadi. Ungacha jamoa Toshkentda bo'ladi.
Islombek Rustambekov.