"Olmaliq" 4ta nazorat o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 10:58
Ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichi davomida jamoamiz 4ta nazorat o'yini o'tkazadi.
Dastlabki o'yin 14 iyul kuni Chirchiq shahrida Muborakning "Mashal" jamoasi bilan o'tkaziladi. Uchrashuv 17:30da boshlanadi.

21 iyul kuni Farg'onaning "Neftchi" jamoasi sparring raqib bo'lsa, 24 iyulda "Buxoro" bilan bahs yuritiladi. 28 iyul kuniga belgilangan o'yin raqibi hozircha noma'lum. To'rtinchi o'yinda jamoamizga "Paxtakor" yoki O'zbekiston milliy terma jamoasi raqib vazifasini o'tashi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz