

Uchrashuv 9 aprel kuni soat 18:05 da boshlanadi. Musobaqa jadvalida peshqadamlar guruhida borayotgan ushbu jamoalar bahsi qiziqarli va murosasiz o'tishi va uni stadiondan bevosita tomosha qiluvchilar ko'pligi inobatga olinib, chiptalar oldindan tayyorlandi bugun ertalabdan sotuvga chiqarildi. Chiptalar narxi SIP sektor uchun 30.000 ming so'm, qolgan barcha sektorlar uchun bir hil toifada – 10.000 so'mdan etib belgilangan. “Navbahor” muxlislariga 6-7-8 sektorlardan chipta hirid qilishlari tavsiya etiladi. Qolgan sektorlarga OKMK muxlislari va poytaxtdagi neytral ishqibozlar joylashadi.
9 aprel, 18:05. OKMK – “Navbahor”. Chiptalar ertalab soat 9:00 dan boshlab stadion kassalarida sotilmoqda.



