OFK klublar reytinggi jamoalarning so'nggi to'rt yillik xalqaro musobaqalardagi natijalariga qarab tuzib chiqilgan. Unga ko'ra, Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi umumiy reytingning 9-pog'onasini band etgan. Bu degani, o'zbek klublari orasida “Bunyodkor” yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 147ta klub joy olgan reytingda “Bunyodkor”dan tashqari mamlakatimizning yana beshta klubi joy olgan: “Paxtakor” (52), “Nasaf” (53), “Lokomotiv” (61), “Sho'rtan” (81), “Neftchi” (84).
Umumiy reytingni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi boshqarib bormoqda. Janubiy Koreyaning “Seul” FK 2-o'rinni band etib turgan bo'lsa, kuchli uchlikni “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) yakunlagan.
“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibi – BAAning “AlJazira” jamoasi reytingda 15-pog'onani egallab turibdi.
OFK klublar reytingining to'liq jadvali bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.