

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasi imzolagan “ImkonPlyus” kompaniyasi bosh homiyligida tashkil etilgan futbol turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Kechagi kunning ikkinchi yarmida 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar oxirgi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Namangan viloyat futbol federatsiyasiga qarashli "Umid" stadionida bo'lib o'tgan o'yinlarda Namanganning "1-BO'SM" jamoasi Kosonsoyning "Kosonsoy" futbolchilari qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Keyingi uchrashuvda esa "Navbahor" o'z raqibi "Neftchi"ni 4:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Odatga ko'ra, ikkala uchrashuv yakunida har bir jamoadan eng yaxshi futbolchilar aniqlandi hamda ularga homiylar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Keyinroq Odil Cup-2016 musobaqasining yakuniy yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Odil Cup-2016. Uchinchi kun o'yinlari (2002 y.)
"1-BO'SM" (Namangan) - "Kosonsoy" (Namangan) 4:1
Gollar: Sharipov, To'lamirzaev, Nachaev, Mehmonov - Qurbonov.
"Navbahor" (Namangan) - "Neftchi" (Farg'ona) 4:0
Gollar: Qayumboev (2), Muxtorov, Abdullaev.



