Odil Ahmedov "Krasnodar"da 10-raqamda o'ynaydi VIDEO

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2014, 18:12
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi "Krasnodar" klubida qaysi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.
Ayni paytda Avstriyada yig'in o'tkazayotgan "Krasnodar" kuni kecha yangi o'yin formalarga ega bo'ldi. Barcha futbolchilar ushbu formalarda rasmga tushishdi, fotosessiya o'tkazildi.

Ular orasida Ahmedov ham bor edi. Hamyurtimiz yangi klubi safida 10-raqamda harakat qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Krasnodar" safida 10-raqam bo'sh bo'lgandi.

Quyida "Krasnodar" klubi futbolchilarining yangi formalarda tushgan fotosessiyaning videosini TAS-IX hududida tomosha qiling.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia