OCHL. Yarim final. Ko'zguda – “Kashiva Reysol” (Yaponiya)

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 11:13
Bugun Osiyo chempionlar ligasining yarim final dastlabki bahslari bo'lib o'tadi. Yaponiyaning “Kashiva Reysol” klubi o'z maydonida Xitoyning “Guangjou Evergrand” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 15:00da boshlanadi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi bellashuv ancha qiziqarli kechishi kutilmoqda. Imperator Kubogining amaldagi sohibi “Kashiva Reysol” OCHLda mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Buni ko'pchilik jamoada yaxshi ijrochilar jamlangani hamda Nelsino Baptistadek malakali murabbiy ishlayotgani bilan izohlamoqda. Aytgancha, 2009 yildan beri “Kashiva” OCHLning yarim finaliga chiqqan dastlabki yapon klubi hisoblanadi.

“Jamoamiz sardori bu o'yinda maydonga tusha olmaydi, - deydi “Kashiva” bosh murabbiyi. – Ammo bunga qarshi hech narsa qila olmaymiz. Boshqa futbolchilarimizning barchasi o'yinga tayyor. Bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun asosan jismoniy mashg'ulotlarga urg'u berdik. Chunki Xitoy klublarini mag'lub etish uchun avvalo jismonan kuchli bo'lish talab etiladi”.

“Biz ham, raqib ham bu yilgi OCHLda yaxshi tajriba to'ladik. Agar bor kuchimizni ko'rsata olsak, Xitoy klubidan o'tishimizga shubha qilmayman”.
 

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia