OCHL. “G'arb” mintaqasi. “A” guruhi murabbiylari

Narzulla Saydullayev
27 fev 2014, 15:54
25 fevraldan bu yilgi OCHL guruh bahslariga start berildi.
“A” guruhida “Al Jazira” (BAA), “Al Shabab” (Saudiya Arabistoni), “Al Rayan” (Qatar) va “Istiqlol” (Eron) klublari bahs olib bormoqda. Quyida mazkur jamoalarni boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha to'xtalamiz.



Valter Zenga (Italiya)
“Al Jazira” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
28 aprel, 1960 yil
Ma'lumot uchun: Valter Zenga o'tgan yilning noyabr oyida “Al Jazira”ni qabul qilib oldi. U o'z vaqtida Milanning “Inter” jamoasida 12 mavsumni o'tkazgan. Bundan tashqari, 1990 yilgi jahon chempionatida Italiya termasi darvozasini qo'riqlagan. 1999 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan Zenga shu paytga qadar Italiyadan tashqari  AQSH, Ruminiya, Serbiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda ishlagan.




Manuel Ximenes (Ispaniya)
“Al Rayan” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
26 yanvar, 1964 yil
Ma'lumot uchun: Manuel Ximenes uch yil davomida “Sevilya”, keyin Gretsiyaning AEK jamoasida ishlagan. So'ngra yana Ispaniyaga qaytib, “Saragosa”ni boshqargan. U ham o'tgan yilning noyabrida “Al Rayan”ni qabul qilib oldi.




Ammar Suaya (Tunis)
“Al Shabab” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
11 iyun, 1957 yil
Ma'lumot uchun: Ammar Suaya 2002 yilgi jahon chempionatida Tunis termasiga ustozlik qilgandi. Keyinchalik Saudiyaning “Al Hazm”, “Al Qodisiya”, “Al Tae”, “Al Ittifoq” singari klublarida faoliyat olib bordi. Suaya shu yilning yanvarida “Al Shabab” bosh murabbiyi etib tayinlandi.




Amir Galenoi (Eron)
“Istiqlol” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
22 noyabr, 1963 yil.
Ma'lumot uchun: Amir Galenoi eronlik eng mashhur murabbiylar sirasiga kiradi. U shu paytgacha besh marta Eron chempionligini qo'lga kiritgan: uch marta “Istiqlol” va ikki bor “Sepaxan” bilan. Bu murabbiy o'tgan yil OCHLda “Istiqlol” bilan yarim finalga qadar yetib bordi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia