OCHL. Erik Gerets : “Kuchli jamoa g'alaba qozondi”

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 14:15
Qatarning “Laxviya” jamoasi OCHLning chorak finalidan o'rin olgan birinchi uchrashuvda Xitoyning “Guangjou Evergrand” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'yin xitoyliklar maydonida bo'lib o'tdi va bu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 41 ming muxlis tashrif buyurdi.

O'yindan so'ng “Laxviya” bosh murabbiyi Erik Gerets o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
 
“OCHLdagi oxirgi o'yinni o'tkazganimizga ham bir necha oy bo'ldi. Biz endi boshqatdan qayta tiklanish davrini boshdan kechiryapmiz. Shu bois tayyorgarlik hali yakuniga yetmadi. Ammo bu yutqazganimiz uchun bahona bo'la olmaydi. Faqat shuni aytishim mumkin, bu o'yinda kuchli jamoa g'alaba qozondi. Hali oldinda javob bahsi bor va bizga oson bo'lmaydi. Ammo Qatarda oxirigacha kurashishni maqsad qilganmiz. Marchello Lippining jamoasi Xitoyda bejizga kuchli emasligini namoyish eta oldi. Javob bahsida imkoniyat yuzaga kelishi uchun birinchi taymda gol urishimiz shart. Shundagina ikkinchi bo'limda ishimiz osonlashadi. Xitoyda milliy chempionat qizg'in tus olgan, bizda esa sentyabrda boshlanadi. Menimcha, bu ham o'yinga o'z ta’sirini ko'rsatdi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com