OCHL. Bugun "Nasaf" boshlab beradi va boshqa o'yinlar

Xayrulla Xoliqov
20 fev 2018, 11:58
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan bahslar davom ettiriladi.

G'arb mintaqasida navbatdagi turni Qarshida "Nasaf" boshlab beradi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 1-turda Eronda yirik mag'lubiyatga uchrashdi. Endi o'sha mag'lubiyat alamini olish maqsadida jamoa bugun BAAning "Al Vasl" klubini engishga harakat qiladi. Guruhning ikkinchi o'yini Qatarda "Al Sadd" va "Persepolis" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

"S" guruhi. 20 fevral
18:00. "Nasaf" - "Al Vasl"
20:30. "Al Sadd" - "Persepolis"

Eng kuchli guruh deya etirof etilayotgan "D" guruhida birinchi turning ikkala bahsi durang bilan yakun topgandi. Bugun "Al Ayn" o'z uyida Qatarning "Al Rayan" klubini qabul qilsa, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi Eronda "Istiqlol" mehmoni bo'ladi. Har ikkala uchrashuv qiziqarli kechishi ktuilmoqda.

"D" guruhi. 20 fevral
20:10. "Al Ayn" - "Al Rayan"
20:30. "Istiqlol" - "Al Hilol"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia