OCHL. “Al Jaish”dan birinchi tashrif va birinchi g'alaba

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 09:25
Kecha “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag'lub etgan “Al Jaish” Osiyo chempionlar ligasida endi ikkinchi marta ishtirok etyapti.
Qatar klubi OCHL bahslari doirasida O'zbekistonga birinchi bor tashrif buyurib, o'zining birinchi o'yinidayoq g'alaba qozonib ketdi. Bundan tashqari, “Al Jaish” “Bunyodkor”ga qarshi ilk marta maydonga tushdi.

Bu yil hisobidan kechagi bahs “Al Jaish”ning safardagi birinchi o'yini bo'ldi. Chunki jamoa bungacha bo'lib o'tgan uchta uchrashuvni o'z maydonida o'tkazgan: “Nasaf”, “Al Qodisiya” va “Fulad”ga qarshi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia