

Bugun biz istiqomat qilayotgan "Movenpick" mehmonxonasida menejerlar hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida ananaviy miting tashkil qilindi. Unga ko'ra, ertangi o'yinda kimning qaysi libosda to'p tepishi belgilab olindi.
Demak, "Lokomotiv" futbolchilari oq, "Al Nasr" o'yinchilari esa ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi. Mazkur bahsni Kaxi Maxaradze sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi. U Toshkentda qolgan. Mezbonlar safida esa bunday futbolchi yo'q.
Bugungi tadbirda uchrashuv komissari yana bir narsani ma'lum qildi. Yani, "Al Nasr" - "Lokomotiv" bahsi OFK sobiq bosh direktori Dato Sri Pol Samuelning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlash bilan start oladi.
Bugun "Lokomotiv" o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanadi. Ertangi uchrashuv ham shu vaqtda start oladi.







