OCHL-2019. Pley-offning barcha juftliklari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2019, 10:25
Kecha qitamizda Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi 8ta o'yin bo'lib o'tdi.

Bitta bahsdan iborat o'yinlarda g'olib bo'lgan klublar pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. 19 fevral kungi 8ta uchrashuvda g'olib bo'lganlar OCHL guruh bosqichida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritishadi. 

O'zbekistonning "Paxtakor" va AGMK klublari ham 19 fevral kuni safarda guruh bosqichiga chiqish uchun o'yin o'tkazishadi.


OCHL-2019 saralash bosqichi

12 fevral
G'ARB MINTAQASI

"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq) 2:1
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) 4:2
"Saypa" (Eron) - "Minerva Punjab" (Hindiston) 4:0
"Zob Ohan" (Eron) - "Al Kuvayt" (Kuvayt) 1:0

SHARQ MINTAQASI
"Perak" (Malayziya) - "Kitchi" (Gonkong) 1:1 (penaltilar seriyasi 6:5)
"Bankok Yunayted" (Tailand) - "Xanoy" (Vetnam) 0:1
"Chiangray Yunayted" (Tailand) - "Yangon Yunayted" (Myanmar) 3:1
"Nyukasl Jets" (Avstraliya) - "Persiya Jakarta" (Indoneziya) 3:1



PLEY-OFF JUFTLIKLARI

19 fevral
G'ARB MINTAQASI

"Al Nasr" (BAA) - "Paxtakor" (O'zbekiston)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston)
"Al Rayan" (Qatar) - "Saypa" (Eron)
"Al Garafa" (Qatar) - "Zob Ohan" (Eron)

SHARQ MINTAQASI

"Ulsan Xyunday" (Janubiy Koreya) - "Perak" (Malayziya)
"Shandong Luneng" (Xitoy) - "Xanoy" (Vetnam)
"Sanfrechche Xiroshima" (Yaponiya) - "Chiangray Yunayted" (Tailand)
"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Nyukasl Jets" (Avstraliya)



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia