OCHL. 1-tur yakunlari va 2-tur anonsi

Xayrulla Xoliqov
7 mar 2019
Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari o'z yakuniga etdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekistonning har ikki klubi dastlabki turda ijobiy natija qayd etdi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Al Vahda"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Paxtakor" safarda "Persepolis" bilan durang o'ynadi. OCHL guruh bellashuvlarining ilk turi 4-5-6 martda uch kunga bo'lib o'tkazildi. Keyingi bahslar ham shu tartibda davom etadi. 

Shu o'rinda 1-turda qayd etilgan natijalarni yana bir karra eslab o'tsak: 

G'ARB MINTAQASI 

“A” guruhi. 4 mart (dushanba)

"Al Vasl" - "Al Nasr" 1:0

"Zobahan" - "Al Zavra" 0:0 

“B” guruhi. 4 mart (dushanba)

"Lokomotiv" - "Al Vahda" 2:0

"Al Ittihod" - "Al Rayan" 5:1 

“C” guruhi. 5 mart (seshanba)

"Al Duhayl" - "Istiqlol" 3:0 

"Al Ayn" - "Al Hilol" 0:1 

“D” guruhi. 5 mart (seshanba)

"Al Ahli" - "Al Sadd" 2:0

"Persepolis" - "Paxtakor" 1:1 


SHARQ MINTAQASI 

"E" guruhi. 5 mart (seshanba)

"Kashima Antlers" - "Johor Darul Tazim" 2:1 

"Gyongnam" - "Shandong Luneng" 2:2 

"F" guruhi. 5 mart (seshanba)

"Melburn Viktori" - "Degu" 1:3 

"Guangju Evergrand" - "Sanfrechche Xirosima" 2:0 

"G" guruhi. 6 mart (chorshanba)

"Chonbuk Motors" - "Beyjing" 3:1    

"Urava Reds" - "Buriram Yunayted" 3:0 

"H" guruhi. 6 mart (chorshanba)

"Sidney FK" - "Ulsan Xyunday" 0:0 

"Shanxay SIPG" - "Kavasaki Frontale" 1:0

 

1-turga oid qiziqarli ma'lumotlar: 

- Eng yirik hisob "Al Ittihod" - "Al Rayan" bahsida qayd etildi. Bunda Saudiya Arabistoni klubi 5:1 hisobida zafar quchdi. 

- Ikkita o'yinda gollar kiritilmadi: "Zobahan" - "Al Zavra" 0:0 va "Sidney FK" - "Ulsan Xyunday" 0:0. 

- Dastlabki turda G'arb mintaqasida safarda g'alaba qozonishni faqat "Al Hilol" uddalay oldi. Bu jamoa "Al Ayn" klubini 1:0 hisobida engib qaytdi. 

- Qizig'i shundaki, Sharq mintaqasida ham faqat bir jamoa safarda g'alaba qozonishni uddaladi. Janubiy Koreyaning "Degu" klubi Avstraliyadan g'alaba bilan qaytdi. 

- "Al Duhayl", "Degu", "Chonbuk Motors" va "Urava Reds" klublari o'z raqiblari darvozasiga 3tadan to'p kiritishdi. 


2-tur uchrashuvlari 

"A" guruhi. 11 mart

"Al Zavra" - "Al Vasl"

"Al Nasr" - "Zobahan" 

"B" guruhi. 11 mart

"Al Rayan" - "Lokomotiv"

"Al Vahda" - "Al Ittihod" 

"C" guruhi. 12 mart

"Istiqlol" - "Al Ayn"

"Al Hilol" - "Al Duhayl" 

"D" guruhi. 12 mart

"Paxtakor" - "Al Ahli"

"Al Sadd" - "Persepolis" 

"E" guruhi. 12 mart

"Shandong Luneng" - "Kashima Antlers"

"Johor Darul Tazim" - "Gyongnam" 

"F" guruhi. 12 mart

"Sanfrechche Xirosima" - "Melburn Viktori"

"Degu" - "Guangju Evergrand" 

"G" guruhi. 13 mart

"Buriram Yunayted" - "Chonbuk Motors"

"Beyjing" - "Urava Reds" 

"H" guruhi. 13 mart

"Ulsan Xyunday" - "Shanxay SIPG"

"Kavasaki Frontale" - "Sidney FK"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia