"Obod" rahbariyati majlis o'tkazdi va klub yopilishini ma'lum qildi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2017, 12:20
Toshkentning "Obod" klubi yopilmoqda.

Kuni kecha klub rahbariyati futbolchilarni yig'ib majlis o'tkazdi. Unda klub faoliyati tugatilayotganini e'lon qilishdi. Futbolchilar o'zlariga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborishdi.

Eslatib o'tamiz, xususiy klub bo'lgan "Obod" o'tgan yil oliy ligada debyut qilgandi. Ayni paytda jamoa 15ta turdan so'ng 9 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so'nggi, 16-pog'onasida bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia