"Obod" ikkinchi yig'inni boshladi, tarkibda yangilar bor

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 09:10
Jamoamiz kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshladi.
Kechagi mashg'ulotlar engil tartibda olib borildi. Bugundan e'tiboran mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkaziladi. Odatdagidek, ertalabki mashg'ulotlar "Yoshlik" stadionining "trenajyor" zalida, tushdan so'ng "Obod" maydonida bo'lib o'tadi.

Tarkibga uch nafar futbolchi kelib qo'shildi. Bular - Ruslan Matniyozov, Nodir Ibragimov va Temur Ayupov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz