Oblak: "Hech kim 3 ochkoga loyiq emasdi"

Mirjalol Normatov
29 sen 2019
"Atletiko" posboni Yan Oblak Madrid derbisidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Boshida aytilgan 3 ochkodan faqatgina bittasini oldik. Umuman olganda tomonlar deyarli bir xil kuch bilan o'ynashdi. Shu boisdan natija adolatli bo'ldi, bugun hech kim 3 ochkoga loyiq emasdi. "Real"ni yutishga ishongandik. Biroq bu kamlik qildi.

Ajoyib muxlislarimizga rahmat aytaman. Ularsiz biz yaxshi o'yin ko'rsata olmaymiz. Hali mavsum uzoq. Ular bizlarni qo'llab turishsa, barchasi yaxshi bo'ladi", - dedi Oblak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express