"Nyukasl" "Chelsi" himoyachisini sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 mar 2024, 17:50
"Nyukasl" "Chelsi" himoyachisi Lyuis Xoll transfer huquqini to'liq sotib oladi.

Futbolchi hozirda "Nyukasl" sharafini ijara huquqi asosida himoya qilmoqda. Kelishuvga ko'ra, Xoll ishtirok etgan o'yinlar soni ma'lum miqdorga etsa, sotib olish huquqi bo'ladi. To'liq transfer summasi 30 million funtni tashkil qiladi.

Joriy mavsum Xoll barcha musobaqalarda 11 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka ishlab oldi. 

"Transfermarkt" portali angliyalikning transfer narxini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо