Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti

Alisher
30 may 2021, 14:16
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.

"Men tanam bunga imkon bergunicha, terma jamoa uchun o'ynashni davom ettiraman. Formadaman va bunday darajada o'ynashga tayyorman, shunday ekan hali terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashni rejalashtirmayapman.

Shu bilan birga qaror jamoani kim boshqarishiga bog'liq bo'lmaydi", - deydi o'yinchi.

35 yoshli darvozabon o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 14ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DFB_Team_EN