Noyer 9 oy deganda Germaniya darvozasini qo'riqladi va 2ta gol o'tkazib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2018, 08:31
Manuel Noyer Avstriyaga qarshi kechgan (1:2) o'yinda Germaniya terma jamoasi darvozasini qo'riqladi.

“Bavariya” posboni maydonda to'liq o'yin o'tkazdi va o'z darvozasidan ikkita gol o'tkazib yubordi. 

Ma'lumot uchun, Noyer so'nggi bor 2017 yilning 16 sentyabrida olmonlar darvozasini qo'riqlagan edi. Manuel deyarli 9 oy davomida jarohatini davolash bilan band bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif