

"O'yindan oldin g'alaba bizga muhim ekanligini tushunib turgandik. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Yigitlarga rahmat bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Jamoamizni tinmay-qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytmoqchiman. Ko'p o'yinlarda vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Buning ustida ishlashimiz kerak. Chempionat tugashiga to'rtta tur bor. Shunday ekan qolgan o'yinlarda ham maksimal ochkolarni olishga harakat qilamiz", - deydi Hasanov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



