Nodirxo'ja Yuldashev: "Agar Shomurodov "Rostov"dan 10.000.000 $ ga ketsa..."

Alisher
11 yanv 2020, 16:05
Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev o'z Telegram kanalida Eldor Shomurodovning ehtimoliy transferi haqida ajoyib ma'lumot bilan bo'lishdi.

"12-20 yoshgacha "Mashal" 0.25%dan 4 yilga va 2 % yana 4 yilga FIFA reglamenti asosida jami 3% foiz oladi. Bu 300.000 degani.

"Bunyodkor"da 3 mavsum faoliyat olib bordi. 0.50%dan 1.5% bo'ladi. Bu 150.000 AQSH dollari.

Ammo! Ammosi shundaki, "Mashal" 16 yoshgacha bo'lgan davrda o'ynagan musobaqalari qaydnomalarini ko'rsatib bera olishi kerak.

Xullas "Mashal"ga tekis joydan 300 000 $ topib berdim :)

Bu pulga bitta sun'iy maydon, akademiya uchun avtobus va yana nimadirlar xarid qilsa bo'ladi.

Barakasini bersin, murabbiylarini ham unutmasin :)" - dedi Nodirxo'ja Yuldashev.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/Nadirkhuja