Niko Kovach tez orada "Bavariya"dan kyetishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018
"Bavariya" rahbariyati myunxenliklar ustozi Niko Kovachni tez orada iste'foga chiqarishi mumkin.

Agar nemis klubi "Benfika"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida mag'lub bo'lsa, Kovach ishsiz qoladi.

Oldinroq, "Bavariya" prezidenti Uli Xyoness Chempionlar ligasidagi o'yin natijasi murabbiyning klubdan kyetishiga sabab bo'lmasligini aytgan edi. Ammo nemis nashrlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra, navbatdagi muvaffaqiyatsiz natija Kovachga chiqish eshiklarini ko'rsatishi mumkin.

"Bavariya" joriy mavsumni juda omadsiz o'tkazmoqda. Klub Bundesliganing 12-turida "Fortuna" bilan durang qayd etdi (3:3).

Bundesliga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild