Niklas Bendtner: “Faoliyatimni “Real” yoki “Barselona”da davom ettirgan bo'lar edim”

“Arsenal” klubi hujumchisi Niklas Bendtner, kelajakda faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida aytib o'tdi.

- Sport sohasi men uchun muhimroq. Men kelajakda o'zim xohlagandek o'ynaydigan va o'zimni u yerda baxtiyor his etadigan klubga o'taman. Bu klubda men ko'p gollar uraman va sovrinlarni qo'lga kiritaman deb o'ylayman.

Agar o'zim qaror chiqarganimda, faoliyatimni “Real” yoki “Barselona”da davom ettirgan bo'lar edim, - deydi Bendtner.


Manba: sports.ru