Nicca policiyasi "Napoli" muxlislariga qarshi ko'zdan yosh chiqaruvchi gazdan foydalandi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2015, 12:43
"Nicca" va "Napoli" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida italiyalik muxlislar va Fransiya policiyasi o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik muxlislar pirotexnik vositalarni yoqib uloqtirgani tufayli, stadion yonida yong'in sodir bo'ldi.

Olov yong'in xavfsizligi xodimlari tomonidan tezda o'chirildi, policiya esa muxlislarni tarqatib yuborish uchun ko'zdan yosh chiqaruvchi gazdan foydalandi.

O'yinda 3:2 hisobida "Nicca" g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com