Neymarning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
29 okt 2020, 22:49
YCHLning 2-turida "Istanbul"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Neymar haqida ma'lumot berildi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, futbolchi termalarning noyabr oyidagi yig'inlaridan keyin safga qaytishi mumkin. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tgan va futbolchining mushaklarida jiddiy jarohat aniqlangan. Shu orqali u YCHLning 3-turi doirasida "Leyptsig", chempionatda "Nant" va "Renn"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushmaydi.

"Istanbul"ga qarshi o'yinning 26-daqiqasida jarohat olgan Neymar maydonni tark etayotgan vaqtida yig'lagandi.

Ushbu mavsumda Neymar milliy chempionatning 4 o'yinida 2 gol va 3 assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport