Neymar: "Valverde menga juda kuchli mutaxassisdek tuyulmoqda"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 15:18
"Barselona" hujumchisi Neymar jamoaning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverdega ishonch bildirmoqda.

"Valverde menga juda kuchli mutaxassisdek tuyulmoqda. "Barselona" uning qo'l ostida kuchli va raqobatbardosh jamoaga aylanadi. Valverde so'nggi yillarda "Atletik"da munosib ishladi. Uning jamoasiga qarshi har safar qiynalar edik. Yangi mavsumda o'ynash xohishi bilan yonyapman. Mavsum hamma uchun qiziq bo'ladi" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es