Neymar: "Olipmiada va Amerika Kubogida o'ynashni istayman"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2016, 12:43
"Barselona" hujumchisi Neymar yana bir bor Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiadada va Amerika Kubogida Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqchi ekanligini aytdi.

"Olimpiya o'yinlarida va Amerika Kubogida ishtirok etish uchun kerakli insonlar bilan suhbatlashaman. Doimo futbolchining xohishi hisobga olinadi. Ammo bu boshqa vaziyat va hammasi menga bog'liq emas. Ikkala turnirda ishtirok etmoqchiligimni aniq aytdim. Ayni damda Dunga va Luis Enrike buni muhokama qilishmoqda" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo