Neymar hakamlik haqida: "Menga nisbatan boshqacha munosabat"

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2022
Braziliyalik futbolchi Neymar Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi hakamlik bo'yicha noroziligini bildirdi.

"Hakamlik? Men qoidani buzdim. Bu o'yindagi ilk folim edim va darhol sariq kartochka oldim. Bu qiyin. Men o'yinda to'rt, besh, oltita follarga sabr qilganman. Menga nisbatan umuman boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumga menga nisbatan fol ishlatishdi. Raqib meni ushlab oldi va kartochka olgani ham yo'q", - dedi Neymar. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com