Nemis klubi ettinchi bor Yevropa Ligasida g'olib chiqdi

Sherzod Nurmatov
19 may 2022, 20:20
Bundesliga klublari qo'lga kiritilgan evrokuboklar soni bo'yicha kuchli 4 talikka kiradi.

18 may kuni Sevilyada bo'lib o'tgan Yevropa Ligasi 2021/22 final uchrashuvida "Ayntraxt" penaltilar seriyasida "Reynjers" qarshiligini yo'qqa chiqardi – asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, penaltilar bo'yicha 5:4 bo'ldi.

Yevropa Ligasi (UEFA Kubogi) nemis futboli uchun ettinchi shunday sovrin bo'ldi. Ushbu turnirda faqat uchta davlat ko'proq g'alaba qozongan. Angliya va Italiya klublari 9 tadan Yevropa Ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. Rekordchi Ispaniya jamoalari ema ushbu musobaqada 14 marta zafar quchishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FootballHD