

Termizliklar boshqaruv postiga tajribali Dilshod Nuralievni olib kelgach, selekciya ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Buning natijasida bir qator mahoratli va shu bilan parallel ravishda iqtidorli futbolchilar jamoa safiga kelib qo'shildi.
Surxonning Toshkentda o'tayotgan yig'iniga yaqinda Suhrob Ne'matov kelib qo'shildi. Asosan Buxorodagi yorqin o'yinlari orqali ishqibozlarga yaxshi ma'lum bo'lgan futbolchi endilikda Pro-liga jamoasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Ne'matovning o'zi bilan suhbatlashganimizda, Surxon bilan hozircha shartnoma imzolamaganini, lekin har ikki tomon og'zaki kelishuvga erishilgani haqida aytib o'tdi.




