Neymar: "Braziliya doim g'alaba uchun o'ynaydi"

Narzulla Saydullayev
16 noya 2013, 10:34
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar har bir o'yin Jahon chempionati finalidek muhimligini aytib o'tdi.
"Biz har bir o'rtoqlik uchrashuvida xuddi Jahon chempionati finalidek o'ynaymiz. Doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz - JCH-2014ni yutish. Mundial o'z maydonimizda bo'lib o'tishi tufayli bizga juda katta bosim bo'ladi, g'alaba qozonishga majburmiz. Bu maqsadga erishish naqadar qiyin ekanligini bilamiz, shu bois har kuni tinmay ishlayapmiz".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru