Nega "Real" bannerida Rafael Nadal tasvirlandi?

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018
"Real" Chempionlar ligasining 1/8 final ilk bahsida PSJni qabul qildi.

Uchrashuv 3:1 hisobida madridliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yin boshlanishidan avval "Santyago Bernabeu" stadionida yirik banner namoyish etildi. Unda "VAMOS REAL" yozuvi va Rafael Nadal tasvirlangan edi.

Tennischi yozda 10-marta "Rolan Garros" kubogini qo'lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat tufayli "Qirollik klubi" "Real" muxlisi bo'lgan Rafael Nadal uchun banner yasashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia