

Yaqinlar bilan suhbat va rasmlarni yuborish uchun qulay bo'lgan tarmoqdan ko'pchilik foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Farg'onaning “Neftchi” klubi matbuot xizmati ham muxlislarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Telegram”da o'z rasmiy kanalini ishga tushirgan. E'tiborli tarafi, siz mazkur kanal orqali “Neftchi” jamoasi ishtirokidagi o'yinlarning Matnli translyatsiyasi o'qib borishingiz mumkin.
Jamoamizga befarq bo'lmagan boshqa ishqibozlarni ham ushbu kanalimizga obuna bo'lishini tavsiya qilamiz. Agarda siz avvalroq qo'shilgan bo'lsangiz, u xolda do'stlaringizga xabar bering.
Buning uchun “Telergam”ning Search (Poisk, Qidiruv) joyiga fcneftchiuz so'zini yozsangiz kifoya.
“Neftchi” matbuot xizmati



