

Hisob bo'yicha, mazkur o'yin jamoamiz uchun birinchi davradagi oxirgi bahs hisoblanadi. 1 iyul kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan bellashuvning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. Juma oqshomida o'tkazilinadigan, “Neftchi” – “Metalurrg” uchrashuvi soat 19:00da start oladi. Mazkur o'yinda maydon egalari yashil-ko'k rangli sport liboslarida harakat qilsa, mehmonlar oq rangda maydonga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yindan bir kun avval jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari o'zaro raqobat olib borishadi. Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.
Barcha farg'onaliklarni ushbu bellashuvlarga chorlaymiz!
“Neftchi” matbuot xizmati



