"Neftchi": Bugun “Oq-tepa” va “Olmaliq”qa qarshi o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2014, 11:31
Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan “Neftchi” jamoasi bugun ikkita nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Birinchi o'rtoqlik uchrashvida Murod Ismoilov shogirdlariga “Oq-tepa” jamoasi raqiblik qiladi. O'yin 11:00 da boshlanadi.

Ikkinchi bellashuvda farg'onaliklar Igor Shkvirin boshchilishidagi “Olmaliq” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Mazkur uchrashuvlardan ma'lumot berib borishga harakat qilamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz