"Navbahor"ga legioner darvozabon kelishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014
Avval ham xabar berganimizdek, "Navbahor" rahbariyati davralar oralig'ida ko'plab futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda
Birinchi navbatda, jamoaga tajribali darvozabon jalb etish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Kecha Murod Zuhurov va Mamur Ikromovlar bilan muzokaralar o'tayotganligini aytib o'tgandik. Shuningdek, "Lokomotiv"ni tark etgan Timur Jo'raevga ham "Navbahor" qiziqish bildirmoqda.

Yangi olingan ma'lumotlarga qaraganda, jamoa himoyachisi Yuriy Rijko o'z vatani sanalgan Belorussiyadan darvozabon olib kelmoqchi. Kuni kecha klub rahbariyati ushbu darvozabon ishtirokida o'yinlarning videotasmasini ko'rishgan. Bundan tashqari, "Dinamo"ning ukrainalik posboni Andrey Melnichuk nomzodi ham ko'rib chiqilmoqda. Shu ikki darvozabondan biri yakunda "Navbahor" libosini kiyishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lochinlar.asia