"Navbahor": Tayyorgarlik 20 dekabrda boshlanadi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2013
Ayni paytda "Navbahor" jamoasi a'zolari mavsum charchoqlarini chiqarishayotgan bo'lsada, klubimiz rahbarlari va murabbiylar yangi mavsumga hozirlik ishlarini boshlab yuborishgan.
Yilgi mavsumda “Navbahor”ning avvalgi maqeini tiklash uchun harakat qilishinini etirof etish joiz. Zero navbatdagi chempionat arafasida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan muhtasham “Navbahor” o'yingohi yana muxlislar bilan to'lib toshadi.

Klub mutasaddilari ham ishqibozlar ishonchini oqlash uchun harakat qilishmoqda. Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabr sanasida boshlaydi. Yakuniga etgan chempionatning so'nggi qismida “Navbahor”da maslahatchi murabbiy sifatida ishlagan No'mon Hasanov kuni-kecha Namanganda bo'lib, keyingi rejalar xususida klub rahbarlari bilan uchrashdi. Hozirda tarkibni kuchaytirish va raqobatbardosh jamoani shakllantirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yaqin orada kelgusi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgan yangi o'yinchilarning nomi ham ma'lum bo'ladi. Demak, saytimizni kuzatishda davom eting.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz