

Futbolchilar bugun ham ikki mahallik mashg'ulotlarda qatnashishdi. Dastlabki mashg'ulot ertalab “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi maydonida tashkil etildi. Kechki payt esa jamoa a'zolari “Paxtakor” o'yingohining zaxira maydonida shug'ullanishdi. Tarkib borasida gap ketganida, bugun bu borada hech qanday o'zgarish bo'lmadi. Avval xabar berib o'tkanimizdek, poytaxt yig'ini davomida bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilgandi. "Navbahor" navbatdagi uchrashuvni 23 yanvar kuni Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi o'tkazadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkentdagi yig'indagi ilk o'yinda “Navbahor” Qarshining “Nasaf” klubi bilan bahs yuritib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.



