

Mazkur yig'ilishda jamoaning 2017 yilgi mavsumdagi yakunlari muhokama qilinib, tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Yig'ilish qaroriga ko'ra Navbahor futbol klubida shu kungacha direktor sifatida faoliyat yuritgan Nosir Sultanov iste'foga chiqarildi.
Klub direktori lavozimiga bunga qadar Namangan viloyat paraolimpiya qo'mitasi boshlig'i hamda Namangan shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i sifatida ish yuritgan Nabixon Abduvalievich Abdug'aniev tayinlandi.



