
Bugun futbolchilari bir mahallik mashg'ulotda qatnashishdi. Ertaga esa mashg'ulotlar ikki mahal o'tkaziladi. 28 dekabr kuni dastlabki yig'in yakuniga etadi. Aynan shu kuni jamoamiz birinchi liga vakili Uychining “Xotira-79” jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv o'tkaziladigan o'yingoh masalasi hozircha ochiq turibdi. Shu sababli bu haqda keyinroq aniq ma'lumot berib o'tamiz. Ertadan yoshlarimiz ham qisqa muddatli yig'in tashkil etish maqsadida to'planishadi. Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra kelgusida yoshlarimiz bilan Mustafo Bayramov va Shuhrat Qoraboevlar ish yuritadigan bo'lishdi.