“Al-Jayish” jamoasi bugun Qatar Yulduzlar Ligasi birinchi davrasidan so'ng tanaffusda o'zining Ummonda bo'lib o'tgan bir haftalik yig'inini yakuniga etkazdi.
Jamoa kecha shuningdek Ummonning “Al-Suvayq” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini ham o'tkazdi. Uchrashuv durang natija bilan 2:2 hisobida yakun topdi. “Al-Jayish” jamoasidan gollarga fransiyalik legioner Bryus Kembo Ekako va braziliyalik legioner Vagner Renarlar mualliflik qilgan. Avval 2:1 hisobida oldinda borayotgan Rezvan Luchesku (“Al-Jayish” jamoasi murabbiyi) shogirdlari so'nggi daqiqalarida o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan va natijada uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.
Ummonda bo'lib o'tgan yig'inda jamoaning 25 futbolchisi ishtirok etdi, bular: Faxd Yunus Axmad, Ivanildo Rodriges, Abdulla Ayesh, Anderson Martins, Ali Sanad Al-Nuaimi, Rami Fayoz, Usam Rizq, Abdurahmon Abkar, Jozef Key, Muxammad Abdulla Mtnana, Seul Ki Go, Vagner Renar, Majid Muxammad, Muxamad Al Said Abdul Mutallib, Kalu Uche, Muxammad Muntari, Muxammad Al-Jabri, Xolid Abdul Rauf, Diab Annabi Kembo, Ikuko Jerays, Bryus Kembo Ekako, Valid Abdul Rahmon, Abdulla Al-Salom, Abdulaziz Al-Buaynayn, Jassim Sheynin.
Qatar Yulduzlar Ligasi ikkinchi davra uchrashuvlari 10 yanvardan davom ettiriladi. Shu kuni “Al-Jayish” jamoasi 14-turni o'z maydonida “Al-Arabi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu xabar klub rasmiy saytidagi ma'lumotlar asosida tayyorlandi.