"Nasaf" Tehronga qanday tarkib bilan borgani e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2018, 11:13
Kecha "Nasaf" Tehron shahrida ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Murabbiylar Eronga 20 nafar futbolchini olib ketishgan. 

"Nasaf" safida Tehronga borgan futbolchilar: Umid Ergashev, Sanjar Quvvatov, Mashhurjon Muhammadjonov, Maqsud Karimov, G'olib G'aybullaev, Odiljon Hamrobekov, Igor Golban, Umarbek Eshmurodov, Azizjon G'aniev, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saidov, Doniyorjon Narzullaev, Sanjar Rashidov, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov, Bobir Abduxoliqov va Dragan Cheran.

Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tdi. Bugun o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz