"Nasaf": Shoxruh sovrinni gol bilan nishonladi

2 iyun 2015, 06:10
Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi va championat.asia sayti tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi” sovriniga aprel oyida jamoamiz yarim himoyachisi Shohruh Gadoev loyiq ko'rilgandi.

“Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvi arafasida O'FF hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi rahbari Noil Lutfulin yarim himoyachimizga tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan sovrinni topshirdi. Quvonarli tomoni, aynan ushbu uchrashuvning 32-daqiqasida Shohruh o'yinda hisobni ochib, sovrinni ajoyib tarzda nishonladi.


Manba: fcnasaf.uz