

Bahs "ajdarlar"ning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. Qarshiliklar safida Mozgovoy, Aliqulov, Lima va Norchaevlar o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishdi.
Biz olgan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu bahsni Yevropaning katta klubi skautlari Husniddin Aliqulovni kuzatishdi va ular gol urishga muvaffaq bo'lgan futbolchining o'yiniga ijobiy baho berishdi. Saytimiz ushbu klub nomini biladi, biroq skautlar bizdan klub nomini e'lon qilmaslikni so'rashdi.




