"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi namoyish etilmaydi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 13:56
Bugun oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ko'pchilik bu o'yin Sport telekanali orqali namoyish etiladimi yoki yo'qmi degan savollar bilan saytimiz pochtasini to'ldirishmoqda.

"Nasaf" matbuot xizmatidan olgan ma'lumotlarimizga ko'ra o'yin Sport telekanali orqali efirga uzatilmaydi. Bunga sabab "Nasaf" KTS Toshkentga xizmat safariga yuborilgan va ayni paytda davom etayotgan Dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqalarida xizmat qilmoqda. 

"Mashal" radiosi o'yindan radioyo'qlama olib boradi. O'yin soat 17:30da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia