"Nasaf": Jamoamiz safini 6 futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2018, 21:55
"Nasaf" qisqa tanaffusdan so'ng, bugun o'z qarorgohida yig'ildi va 8 iyul kuni bo'ladigan 16-tur doirasidagi “Navbahor” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikka kirishdi.

O'zaro kelishuvga asosan jamoa tarkibini Dragan Cheran, Igor Golban, Slavko Lukich, Jahongir Aliev, Jasur Hasanov va Sanjar Rashidov tark etishdi. Bu futbolchilarga klub rahbariyati va barcha ishqibozlar nomidan o'zlarining mazmunli o'yinlari uchun tashakkurlar bildirib qoladi. Ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Qolgan futbolchilar jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi 8 iyul yakshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida soat 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz