"Nasaf": Imkoniyati cheklangan bolalarga esdalik sovg'alari topshirildi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018, 09:20
Kecha “Markaziy” stadionida "Nasaf" va "Dinamo" o'rtasidagi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu nazorat uchrashuvini O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi shahar kengashining tashabbusi bilan, imkoniyati cheklangan yosh futbolsevarlar ham tomosha qilishdi.

Bu futbolsevar yoshlarga "Nasaf" klubi tomonidan esdalik sovg'alari – futbolchilarning imzosi tushirilgan to'plar topshirildi. Esdalik sovg'alarini, Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan vakillarimiz, Azizjon G'aniev va Odiljon Hamrobekovlar hamda boshqa futbolchilar topshirishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz