"Nasaf" darvozasiga gol urgan futbolchi Braziliya terma jamoasiga chaqirildi
Aslanov Jasurbek
12 may 2015, 17:51
Oldinroq Braziliya terma jamoasi matbuot-xizmati Amerika Kubogi-2015da ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi.
Bu ro'yxatdan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qilgan "Al-Ahli" (BAA) yarim himoyachisi Everton Ribeyro ham o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi-2015 11 iyyundan 4 iyulgacha Chilida bo'lib o'tadi.