“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuviga chiptalar bugundan sotuvga chiqariladi

Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 11:43
28 may shanba kuni Qarshi shahrida turning markaziy uchrashuvi bo'lishidan endi xabaringiz bor.

Mazkur uchrashuvga chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqariladi. Chiptalar narxi stadiondagi joylarga qarab 5 000 so'mdan 15 000 so'mgacha qilib belgilangan.
 
Chiptalar har doimgidek “Markaziy” stadion qoshidagi chiptaxonalarda sotiladi.
 
Marhamat, “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi chiptalarini xarid qiling va qiziqarli uchrashuvni tomosha qilib, hordiq chiqaring!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz